Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 19

فَقَالُوا رَبَّنَا بَاعِدْ بَيْنَ أَسْفَارِنَا وَظَلَمُوا أَنْفُسَهُمْ فَجَعَلْنَاهُمْ أَحَادِيثَ وَمَزَّقْنَاهُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ 19 ١٩

Ular: «Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar va o`zlariga zulm qildilar. Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik va butunlay parcha-parcha qilib tashladik. Albatta, bunda har bir o`ta sabrli va o`ta shukrli uchun oyat (belgi)lar bordir. (19)

Tafsir
Alloh ularga yoʻllarini yaqin qilib bersa, hadlaridan oshib, toʻqlikka shoʻxlik qilib: "Parvardigoro, oʻrtadagi qishloqlarni olib tashlab, safarlarimizni uzoq qilib ber, toki, safar mashaqqatini tatiylik, karvonlarimizning fazilati koʻrinsin", deya duo qilib, oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Nonkoʻrlik, noshukrlik va hasad ularni shu ahvolga soldi. Shu bilan ularni keyingilar gapirib yuradigan choʻpchaklarga aylantirib qoʻydik. Parcha-parcha qilib, bir-birlari bilan bordi-keldi qila olmaydigan qilib yubordik. Bu ishlarda Allohga itoat qilish va U Zotga gunoh qilib qoʻyishdan tiyilish yoʻlida sabr qiladigan, Allohning nematlariga shukr qiladigan zotlar uchun ibrat bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin