Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 22

قُلِ ادْعُوا الَّذِينَ زَعَمْتُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ وَمَا لَهُمْ فِيهِمَا مِنْ شِرْكٍ وَمَا لَهُ مِنْهُمْ مِنْ ظَهِيرٍ 22 ٢٢

Sen: «Allohdan o`zga gumon qilganlaringizga duo qilaveringlar! Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar. Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yo`q. Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yo`q», deb ayt. (22)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Oʻsha Allohdan boshqa ishongan xudolaringizga duo qilaveringlar-chi. Qani koʻraylik-chi, ular sizlarga biron foyda keltira olarmikinlar yoki sizlardan biron zararni daf qila olarmikinlar. Ular samolarda ham, yerda ham bir zarra vazinichalik narsaga ham ega emaslar. Ularga Alloh bilan sherikchilik qilishga yoʻl boʻlsin. Ulardan Allohga hech qanday foyda yoʻq. Alloh sheriklardan, yordamchilardan Behojat Zot.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin