Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 23

وَلَا تَنْفَعُ الشَّفَاعَةُ عِنْدَهُ إِلَّا لِمَنْ أَذِنَ لَهُ ۚ حَتَّىٰ إِذَا فُزِّعَ عَنْ قُلُوبِهِمْ قَالُوا مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ ۖ قَالُوا الْحَقَّ ۖ وَهُوَ الْعَلِيُّ الْكَبِيرُ 23 ٢٣

U zotning huzurida faqat O`zi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qo`rqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» – derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk Zotdir. (23)

Tafsir
Alloh taoloning dargohida hech kimning shafoati oʻtmaydi. Oʻzi izn berganlargina bundan mustasno boʻladi. Alloh Oʻzi rozi boʻlgan zotgagina shafoat qilishiga izn beradi. Alloh Ulugʻdir. Ulugʻligining bir koʻrinishi shundaki, U samoda gapirsa, farishtalar egilib, qanotlarini qoqib yuboradilar. Ularning qalblaridan qoʻrquv ketaganidan keyin Jabroil alayhissalomdan: "Parvardigoringiz nima dedi?", deb soʻraydilar. Shunda Jabroil alayhissalom: "Haqni", deb javob beradi. U Oʻz zotiyu qahrida Oliydir. U Ulugʻdirki, hamma narsa Uning oldida maydadir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin