Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 2)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 2

يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِي الْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنْزِلُ مِنَ السَّمَاءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۚ وَهُوَ الرَّحِيمُ الْغَفُورُ 2 ٢

U, yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U o`ta rahimli va o`ta mag`firatli Zotdir. (2)

Tafsir
U suv va oʻsimliklar kabi yerga kiradigan narsalarni ham, giyohlar kabi undan chiqadigan narsalarni ham, yomgʻir, farishtalar, rizq kabi osmondan tushadigan narsalarni ham, farishtalar, bandalarning amallari va ruhlari kabi unga koʻtariladigan narsalarni ham biladi. U moʻmin bandalariga Mehribon, tavba qiluvchilarga esa Magʻfiratli Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin