Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 36)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 36

قُلْ إِنَّ رَبِّي يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ وَيَقْدِرُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ 36 ٣٦

Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt. (36)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi boyligi bilan kerilib yurganlarga ayting: "Parvardigorim Oʻzi istagan bandasiga rizqni keng qilib beradi. Bu bilan uni sinaydi. Shukr qiladimi, kufr keltiradimi, aniqlaydi. Oʻzi istagan bandasining rizqini tang qiladi. Bu bilan ham uni sinaydi. Sabr qiladimi, norozi boʻladimi, aniqlaydi. Lekin koʻp odamlar Allohning har bir ishni yetuk hikmat bilan qiladigan Hakim zot ekanini bilmaydilar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin