Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan bo`lsa, ana o`shalargagina qilgan amallari tufayli ko`paytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar. (37)
Tafsir
Faxrlanayotgan mol-davlatlaringiz ham, bola-chaqalaringiz ham sizlarni Allohning rizosiga olib bormaydi. Allohga iymon keltirib, solih amallar qilgan zotlargina bir necha barobar koʻp ajru savoblarga erishurlar. Ularga Alloh yoʻlida sarflagan mol-davlatlari va ularning haqiga duo qiladigan farzandlari asqotadi. Ana oʻshalarga qilgan yaxshi ishlari uchun ajru mukofotlar bir necha barobar koʻp qilib berilur. Ular jannatdagi oliy maskanlarda azob, oʻlim, nematlarning tugab qolishi kabi xavfu xatardan xoli boʻlib, tinch-xotirjam yashaydilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: