Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 39

قُلْ إِنَّ رَبِّي يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ لَهُ ۚ وَمَا أَنْفَقْتُمْ مِنْ شَيْءٍ فَهُوَ يُخْلِفُهُ ۖ وَهُوَ خَيْرُ الرَّازِقِينَ 39 ٣٩

Ayt: «Albatta, Robbim rizqni O`z bandalaridan kimni xohlasa o`shanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning o`rnini U to`ldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir». (39)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Darhaqiqat, Parvardigorim Oʻzi istagan bandasiga rizqni keng qilib beradi. Istagan bandasiga tang qilib beradi. Alloh yoʻlida nimani sarf etsangizlar, Alloh uning oʻrnini bu dunyoda undan ham yaxshirogʻini berib toʻldirib qoʻyadi. Oxiratda esa koʻp ajru savoblar ato etadi. Alloh subhonahu eng yaxshi rizq berguvchidir. Kim rizq talabida boʻlsa, uning sabablariga, vositalariga murojaat qilsin.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin