Sura Saba (Sabaʼ — سبأ) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




34 Saba(سبأ), Oyat 45

وَكَذَّبَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَمَا بَلَغُوا مِعْشَارَ مَا آتَيْنَاهُمْ فَكَذَّبُوا رُسُلِي ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ 45 ٤٥

Ulardan ilgari o`tganlar ham (Payg`ambarlarni) yolg`onchi qilgan edilar. (Bular) ularga bergan narsalarimizning o`ndan biriga ham yetganlari yo`q. Bas, Payg`ambarlarimni yolg`onchi qildilar, ammo inkorim qandoq bo`ldi?! (45)

Tafsir
Od, Samud, Lut qavmi kabi oʻtgan ummatlar ham haqni tan olmadilar. Qavmingiz mushriklari ular yetgan kuch-qudrat, mol-davlat va son-sanoqning oʻndan biriga yetgan emas. Hammalari paygʻambarini yolgʻonchiga chiqardilar. Ularga mol-davlatlari ham, kuch-qudratlari ham, son-sanoqlari ham foyda bermadi. Azobimga yoʻliqdilar. Ey Paygʻambar, qarang, ularga qilgan raddiyam va bergan jazoyim qanday boʻldi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin