Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 13

يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي لِأَجَلٍ مُسَمًّى ۚ ذَٰلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ الْمُلْكُ ۚ وَالَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ مَا يَمْلِكُونَ مِنْ قِطْمِيرٍ 13 ١٣

U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`ygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan o`zga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak po`stlog`iga ham molik emaslar. (13)

Tafsir
Alloh kechani kunduzga kiritib, kunduzni esa kechaga kiritib, hali unisini, hali bunisini uzaytirib turadi. Quyosh va oyni boʻysundirib qoʻygan. Ulardan har biri Alloh belgilab qoʻygan muddatgacha, yani, Qiyomat kunigacha yuradi. Shu ishlarni qilgan Allohdir, Parvardigoringizdir. Mulk yolgʻiz Unikidir. Uni qoʻyib, iltijo qilayotgan butlaringiz esa bir xurmo danagining poʻstlogʻiga ham molik emaslar. Shunday ekan, qanday qilib ularga ibodat qilasizlar?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin