Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 2)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 2

مَا يَفْتَحِ اللَّهُ لِلنَّاسِ مِنْ رَحْمَةٍ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا ۖ وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُ مِنْ بَعْدِهِ ۚ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ 2 ٢

Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi bo`lmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qo`yib yuborguvchi bo`lmas. U zot Aziyzu Hakiymdir. (2)

Tafsir
Hamma narsaning kalitlari Allohning qoʻlidadir. U insonlarga rizq, hidoyat, saodat kabi biron eshikni ochsa, biron kimsa uni yopib qoʻya olmas. Shulardan qaysi birini yopib qoʻysa, biron kimsa uni ocha olmas. U hammadan gʻolib azizdir hamda har bir yaratishini, taqdirini va tadbirini bir hikmat bilan qiladigan hakimdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin