Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yo`qdir», (deyilur). (37)
Tafsir
Ular jahannamda bor ovozlari bilan: "Parvardigoro, bizni doʻzaxdan chiqar, Seni rozi qilish va azobingdan xalos boʻlish uchun u dunyoda oldin qilib oʻtgan amallarimizdan boshqa yaxshi amallarni qilamiz", deya dod-faryod qiladilar. Shunda Alloh taolo shunday javob beradi: "Sizlarga eslatma oladigan odam eslatma olgudek, keyin tavba qilib, yaxshi amallar qilgudek umr bermadikmi?! Sizlarga Allohning azobidan ogohlantiradigan paygʻambar kelmaganmidi? Bas, endi hech qanday hujjatingiz ham, hech qanday uzringiz ham oʻtmaydi. Endi doʻzax azobini tatiyveringlar! Endi kufru masiyatlar ila oʻzlariga oʻzlari zulm qiligan zolimlarga Allohning azobidan qutqarib qoladigan yoki uni yengillatadigan biron yordamchi, himoyachi boʻlmas!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: