Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 39

هُوَ الَّذِي جَعَلَكُمْ خَلَائِفَ فِي الْأَرْضِ ۚ فَمَنْ كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُ ۖ وَلَا يَزِيدُ الْكَافِرِينَ كُفْرُهُمْ عِنْدَ رَبِّهِمْ إِلَّا مَقْتًا ۖ وَلَا يَزِيدُ الْكَافِرِينَ كُفْرُهُمْ إِلَّا خَسَارًا 39 ٣٩

U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qo`ygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi o`ziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida g`azabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas. (39)

Tafsir
Ey odamlar, U shunday Zotki, yer yuzida sizlarni bir-biridan keyin qoladigan qilib yaratdi. Qanday amal qilishlaringizni sinash uchun shunday qildi. Kim Allohga va paygʻambarlar olib kelgan risolatga kufr keltirsa, oʻziga zarar qiladi. Azobini oʻzi tortadi. Uning kufri Allohga zarar qilmaydi. Kofirlarga kufrlari Parvardigorlari huzurida qattiq gʻazabdan oʻzga narsani ziyoda qilmaydi. Kofirlarga kufrlari ziyondan boshqa narsani ziyoda qilmaydi. Zero, ular Alloh moʻminlar uchun tayyorlab qoʻygan jannatni qoʻldan boy beradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin