Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey odamlar! Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang! Sizlarga osmon va yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa xoliq bormi? Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayon ketmoqdasiz?! (3)
Tafsir
Ey insonlar, Allohning sizlarga ato etgan nematini dilingiz bilan ham, tilingiz bilan ham, boshqa azolaringiz bilan ham eslanglar. Sizlarga osmondan yomgʻir yogʻdirib, yerdan ekinlaru mevalar undirib, rizq beradigan boshqa biron yaratuvchi bormi? Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Mana shundan keyin ham qanday qilib, haqdan yuz oʻgirib, Allohga tuhmatlar qilib, Uning sheriklari bor, deb aytasizlar-a?! Axir sizlarni yaratgan ham, sizlarga rizq bergan ham U emasmi?!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: