Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 42)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 42

وَأَقْسَمُوا بِاللَّهِ جَهْدَ أَيْمَانِهِمْ لَئِنْ جَاءَهُمْ نَذِيرٌ لَيَكُونُنَّ أَهْدَىٰ مِنْ إِحْدَى الْأُمَمِ ۖ فَلَمَّا جَاءَهُمْ نَذِيرٌ مَا زَادَهُمْ إِلَّا نُفُورًا 42 ٤٢

Ular jon-jahdlari bilan, agar o`zlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan ko`ra hidoyatli bo`lishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi. (42)

Tafsir
Haqni tan olmay, uni yolgʻonga chiqargan anavi kofirlar Alloh tarafidan bir paygʻambar kelib, ularni Allohning azobidan ogohlantirsa, yahudiy va nasroniylardan koʻra koʻproq haqqa ergashishlari haqida Alloh nomiga juda qattiq qasam ichdilar. Muhammad alayhissalom paygʻambar boʻlib kelib, ularni Allohning azobidan ogohlantirganidan keyin esa haqdan yanada uzoqlashib, botilga yanada qapishdilar. Ichgan qasamlariga vafo qilmadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin