Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat o`z egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor bo`lmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz o`zgartirish topa olmassan. (43)
Tafsir
Ular yaxshi niyat bilan toʻgʻri maqsaddda qasam ichmadilar. Yer yuzida mutakabbirlik qilish va odamlarni aldash uchun ichdilar. Yomon makr esa uni qilgan makkorlar boshiga yetadi, xolos. Endi anavi makkor mutakabbirlar Allohning oʻzgarmas qonuniyatini kutmoqdalarmi?! Yani, oldingilar halokatga uchraganlaridek, oʻzlari ham halok boʻlishlarini poylab oʻtiribdilarmi?! Allohning mutakabbirlarni yer bilan yakson qilish borasidagi sunnatiga-yoʻliga badal topa olmassiz. Ularni boshqalar boshiga tushadigan qilib oʻzgartirib ham boʻlmas. Zero, ular ilohiy barqaror sunnatlardir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: