Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 45

وَلَوْ يُؤَاخِذُ اللَّهُ النَّاسَ بِمَا كَسَبُوا مَا تَرَكَ عَلَىٰ ظَهْرِهَا مِنْ دَابَّةٍ وَلَٰكِنْ يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى ۖ فَإِذَا جَاءَ أَجَلُهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِعِبَادِهِ بَصِيرًا 45 ٤٥

Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan bo`lsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qo`ymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qo`yib qo`yur. O`sha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini ko`rib turguvchi Zotdir. (45)

Tafsir
Agar Alloh insonlarni qilgan gunohlariga yarasha tez jazolaganida yer yuzidagi barcha jonzotni bironta ham qoldirmasdan bir zumda halok etgan boʻlardi. Lekin Alloh ularni Oʻzi bilgan bir muddatga, yani, Qiyomat kunigacha kechiktirib turadi. Qiyomat kuni kelgach, ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi. Zero, Alloh bandalarini koʻrib turguvchidir. Biron ish U Zotdan yashirin qola olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin