Sura Fatir (Yaratuvchi — فاطر) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




35 Fatir(فاطر), Oyat 8

أَفَمَنْ زُيِّنَ لَهُ سُوءُ عَمَلِهِ فَرَآهُ حَسَنًا ۖ فَإِنَّ اللَّهَ يُضِلُّ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي مَنْ يَشَاءُ ۖ فَلَا تَذْهَبْ نَفْسُكَ عَلَيْهِمْ حَسَرَاتٍ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِمَا يَصْنَعُونَ 8 ٨

Axir, qilgan yomon amali o`ziga ziynatlab ko`rsatilib, uni go`zal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir. (8)

Tafsir
Shayton bir odamga yomon ishni yaxshi ish qilib koʻrsatsa va u oʻsha ishni yaxshi ish deb etiqod qilsa, shu odam haqni haq deb etiqod qilgan kishi kabi boʻladimi? Bas, Alloh Oʻzi istagan odamni adashtiradi, istagan odamni hidoyat qiladi. Uni hech kim hech ishga majbur qila olmaydi. Shunday ekan, ey Paygʻambar, adashganlar uchun joningiz achimasin. Alloh ular qilib yurgan ishlarni bilib turadi. U Zotga ular qilayotgan ishlardan birontasi ham yashirin emas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin