Sura Ya-Sin (Yosin — يس) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




36 Ya-Sin(يس), Oyat 12

إِنَّا نَحْنُ نُحْيِي الْمَوْتَىٰ وَنَكْتُبُ مَا قَدَّمُوا وَآثَارَهُمْ ۚ وَكُلَّ شَيْءٍ أَحْصَيْنَاهُ فِي إِمَامٍ مُبِينٍ 12 ١٢

Albatta, Biz O`zimiz o`liklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(ya'ni nomai a'molda) har bir narsaning hisobini olib qo`yganmiz. (12)

Tafsir
Darhaqiqat, Biz Qiyomat kuni hisob-kitob olish uchun oʻliklarni tiriltirurmiz. Ularning shu dunyoda qilib oʻtgan yaxshi-yomon ishlarini yozib qoʻyurmiz. Oʻlganlaridan keyin qoldirgan izlarini ham, sadaqai joriya kabi yaxshi ish boʻladimi, kufr keltirish kabi yomon ish boʻladimi, hammasini yozib qoʻyurmiz. Aniq Kitobda, yani, Lavhul-Mahfuzda hamma narsaning hisobini olib qoʻyganmiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin