Sura Yosin (يس) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




36 Yosin(يس), Oyat 14

إِذْ أَرْسَلْنَا إِلَيْهِمُ اثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍ فَقَالُوا إِنَّا إِلَيْكُمْ مُرْسَلُونَ 14 ١٤

O`shanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolg`onchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan qo`lladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar. (14)

Tafsir
Ularni Allohni yagona iloh deb bilish va Unga toat-ibodat qilishga davat etishlari uchun dastlab ikki paygʻambarni yubordik. Bu ikki paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarishgach, ularni uchinchi paygʻambar bilan quvvatladik. Shu bilan uch paygʻambar shahar aholisiga: "Biz sizlarga yuborilgan paygʻambarlarmiz. Sizlarni Allohni yagona iloh deb bilish va Uning shariatiga amal qilishga chaqirish uchun kelganmiz", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin