Sura Ya-Sin (Yosin — يس) (Oyat 73)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




36 Ya-Sin(يس), Oyat 73

وَلَهُمْ فِيهَا مَنَافِعُ وَمَشَارِبُ ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ 73 ٧٣

Ular uchun o`shalarda manfaatlar va ichimliklar bor. Axir, shukr qilmaydilarmi?! (73)

Tafsir
Ular uchun oʻsha hayvonlarda minish va yeyishdan boshqa yana koʻp foydalar ham bor. Ularning yunglaridan, terilaridan, yogʻlaridan ham foydalanadilar. Masalan, kiyimlar, toʻshaklar tikadilar. Ular uchun oʻsha hayvonlarda ichimliklar ham bor. Masalan, sutlaridan ichadilar. Shuncha nematlarni ato etgan Allohga shukr qilmaydilarmi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin