Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Yo`q! Biz iymon keltirib, solih amallar qilganlarni yer yuzida buzg`unchilik qiluvchilar kabi qilarmidik?! Yo`q! Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?! (28)
Tafsir
Allohga iymon keltirib, paygʻambariga ergashib, yaxshi amallar qiladigan moʻminlarni hech qachon yer yuzida kufru masiyatlar ila buzgʻunchilik qiladigan kofirlarga oʻxshatib qoʻymaymiz. Parvardigorlaridan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qiladigan moʻminlarni hech qachon gunoh loyiga botgan munofiqlar, kofirlar kabi qilib qoʻymaymiz. Ularni tenglashtirish Alloh taoloning shaniga noloyiq boʻlgan bir jabrdir. Aksincha, Alloh taqvodor moʻminlarni jannat bilan siylaydi. Badbaxt kofirlarni esa doʻzaxga kiritib, jazolaydi. Chunki bu ikki toifa Allohning nazdida teng emas. Shunday boʻlgach, ularning jazo yoki mukofot olishlari ham bir-biriga oʻxshamaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: