Sura Sod (ص) (Oyat 65)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




38 Sod(ص), Oyat 65

قُلْ إِنَّمَا أَنَا مُنْذِرٌ ۖ وَمَا مِنْ إِلَٰهٍ إِلَّا اللَّهُ الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ 65 ٦٥

Sen: «Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos. Hech bir ibodatga sazovor zot yo`qdir, magar yagona va Qahhor (barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni O`z hukmiga yuritib va qudrati ila bo`ysundirib turuvchi) Allohgina bor. (65)

Tafsir
Ey Muhammad, qavmingiz orasidagi kofirlarga ayting: "Men faqat Allohning azobidan ogohlantiraman, xolos. Bu azob kufr va paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarish tufayli boshingizga tushadi. Allohdan oʻzga chin mabud yoʻq. U Oʻzining buyukligida ham, sifatlarida ham, nomlarida ham Yagonadir. U hamma narsadan Gʻolibdir, Qahhordir. Hamma narsa Unga boʻysunguvchidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin