Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 22

أَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لِلْإِسْلَامِ فَهُوَ عَلَىٰ نُورٍ مِنْ رَبِّهِ ۚ فَوَيْلٌ لِلْقَاسِيَةِ قُلُوبُهُمْ مِنْ ذِكْرِ اللَّهِ ۚ أُولَٰئِكَ فِي ضَلَالٍ مُبِينٍ 22 ٢٢

Alloh ko`ksini Islomga keng qilib ochib qo`ygan shaxs o`z Robbidan bo`lgan nurda emasmi?! Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy bo`lsin! Ana o`shalar ochiq-oydin zalolatdadirlar. (22)

Tafsir
Alloh qalbini Islomga keng qilib qoʻygan, shu bilan hidoyat topib, Parvardigori tarafidan ato etilgan bir nur ichida boʻlgan zot qalbi Allohni eslashdan qotib qolgan kimsa bilan barobarmi? Ular hech qachon teng boʻlmaydilar. Hidoyat topganlarga najotga erishsalar, qalblari Allohni eslashdan qotib qolganlar halokat chohiga qulaydilar. Ana oʻshalar haqiqiy haq yoʻldan ozganlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin