Sura Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 24)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Zumar(الزمر), Oyat 24

أَفَمَنْ يَتَّقِي بِوَجْهِهِ سُوءَ الْعَذَابِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۚ وَقِيلَ لِلظَّالِمِينَ ذُوقُوا مَا كُنْتُمْ تَكْسِبُونَ 24 ٢٤

Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib ko`ring, deyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (mo`min ila teng bo`larmidi)?! (24)

Tafsir
Allohning hidoyatiga, tavfiqiga sazovor boʻlib, oxiratda jannatga kirgan zot kofir holida oʻlib, doʻzaxga qoʻl-oyoqlari kishanlangan holida tashlangan va jahannam olovidan faqat oʻz yuzi bilangina himoyalana oladigan kimsa bilan barobar boʻladimi? Oʻsha paytda kufru masiyatlar ila oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan zolimlarga: "Qilib oʻtgan kufru masiyatlaringizning achchiq oqibatini tatinglar", deyilur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin