Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Az-Zumar — Oyat 24 (Oʻzbekcha) — Video

Az-Zumar • Oyat 75 dan 24 • Oʻzbekcha


أَفَمَنْ يَتَّقِي بِوَجْهِهِ سُوءَ الْعَذَابِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۚ وَقِيلَ لِلظَّالِمِينَ ذُوقُوا مَا كُنْتُمْ تَكْسِبُونَ 24
Tarjima:
Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib ko`ring, deyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (mo`min ila teng bo`larmidi)?! Az-Zumar 39:24
Tafsir:
Allohning hidoyatiga, tavfiqiga sazovor boʻlib, oxiratda jannatga kirgan zot kofir holida oʻlib, doʻzaxga qoʻl-oyoqlari kishanlangan holida tashlangan va jahannam olovidan faqat oʻz yuzi bilangina himoyalana oladigan kimsa bilan barobar boʻladimi? Oʻsha paytda kufru masiyatlar ila oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan zolimlarga: "Qilib oʻtgan kufru masiyatlaringizning achchiq oqibatini tatinglar", deyilur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Az-Zumar • Oyat 23 Keyingi Az-Zumar • Oyat 25