Alloh eng go`zal so`zni o`xshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qo`rqadiganlarning terilari titrar. So`ngra ularning terilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu, Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yo`q. Az-Zumar 39:23 ⧉
Tafsir:
Alloh Oʻzining Paygʻambari Muhammad alayhisslomga eng goʻzal soʻzni, yani, Quronni nozil qildi. Uni rostligida ham, goʻzalligida ham, koʻngilga yoqishida ham, ixtilofdan xoliligida ham, vadasiyu ogohlantirishida ham, haq ahli bilan botil ahlini tavsiflashida ham bir-biriga oʻxshaydigan oyatlar qilib tushirdi. Parvardigoridan qoʻrqadigan zotlar undagi ogohlantirish va tahdid oyatlarini eshitganlarida badanlari titrab ketadi. Umidbaxsh va xushxabarga oid oyatlarni tinglaganlarida esa badanlari ham, qalblari ham Allohni eslashga muloyimlashadi. Quronning bu tavsifi va tasiri Allohning hidoyatidirki, u bilan Oʻzi istagan bandasini hidoyat qiladi. Endi kimni Alloh oʻz holiga tashlab, unga hidoyat ato etmagan boʻlsa, uni toʻgʻri yoʻlga soladigan biron kimsa yoʻqdir.