Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 32)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 32

فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَبَ عَلَى اللَّهِ وَكَذَّبَ بِالصِّدْقِ إِذْ جَاءَهُ ۚ أَلَيْسَ فِي جَهَنَّمَ مَثْوًى لِلْكَافِرِينَ 32 ٣٢

Allohga nisbatan yolg`on gapirgan va o`ziga sodiq (so`z) kelganida uni yolg`onga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?! (32)

Tafsir
Alloh shaniga sherigi bor, jufti bor, bolasi bor kabi noloyiq gap aytgan kimsadan koʻra zolimroq odam yoʻq. Paygʻambar alayhissalomga kelgan vahiyni yolgʻonga chiqargan kimsadan koʻra zolimroq odam yoʻq. Allohni va Paygʻambar alayhissalom olib kelgan risolatni inkor etgan kofirlarga jahannamda joy yoʻq ekanmi? Juda ham bor-da.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin