Sura Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 43)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Zumar(الزمر), Oyat 43

أَمِ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ شُفَعَاءَ ۚ قُلْ أَوَلَوْ كَانُوا لَا يَمْلِكُونَ شَيْئًا وَلَا يَعْقِلُونَ 43 ٤٣

Yoki Allohdan o`zga shafoatchilar tutganlarmi?! Sen: «Axir, ular biror narsaga ega bo`lmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» – deb ayt. (43)

Tafsir
Mushriklar but va sanamlarini shafoatchilar qilib olganlar. Allohni qoʻyib, oʻshalardan umid qiladilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Ular sizlarga ham, oʻzlariga ham hech ish qilib bera olmaydigan notavonlar boʻlsa ham oʻshalarni shafoatchilar qilib olasizlarmi? Axir ular gapirmaydigan, eshitmaydigan, koʻrmaydigan, foyda ham, zarar ham qilmaydigan jonsiz narsalar-ku!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin