Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 47)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 47

وَلَوْ أَنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا مَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُ مَعَهُ لَافْتَدَوْا بِهِ مِنْ سُوءِ الْعَذَابِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۚ وَبَدَا لَهُمْ مِنَ اللَّهِ مَا لَمْ يَكُونُوا يَحْتَسِبُونَ 47 ٤٧

Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa berilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga to`lov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan o`zlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir bo`lur. (47)

Tafsir
Shirku masiyatlar ila oʻziga oʻzi zulm qilgan zolimlar yer yuzidagi hamma boyliklar va yana shuncha boyliklarga ega boʻlganlarida qayta tirilganlaridan keyingi azobning qattiqligidan qutulish uchun hammasini toʻlab yuborgan boʻlardilar. Lekin ularga bu imkoniyat berilmas. Farazan, shunday boʻlgan taqdirda ham ulardan toʻlovlari qabul qilinmas. Ular Alloh tarafidan oʻzlari kutmagan, koʻz koʻrib, quloq eshitmagan turfa azoblarga giriftor boʻladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin