Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa berilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga to`lov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan o`zlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir bo`lur. Az-Zumar 39:47 ⧉
Tafsir:
Shirku masiyatlar ila oʻziga oʻzi zulm qilgan zolimlar yer yuzidagi hamma boyliklar va yana shuncha boyliklarga ega boʻlganlarida qayta tirilganlaridan keyingi azobning qattiqligidan qutulish uchun hammasini toʻlab yuborgan boʻlardilar. Lekin ularga bu imkoniyat berilmas. Farazan, shunday boʻlgan taqdirda ham ulardan toʻlovlari qabul qilinmas. Ular Alloh tarafidan oʻzlari kutmagan, koʻz koʻrib, quloq eshitmagan turfa azoblarga giriftor boʻladilar.