Sen: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan Zot! Foyib va oshkorni bilguvchi Zot! Sening O`zing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», deb ayt. Az-Zumar 39:46 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar ayting: "Ey osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan, gʻaybu shahodatni bilgan, biron narsani nazaridan chetda qoldirmagan Alloh, Qiyomat kuni bandalaring orasida ular shu dunyoda qilib oʻtgan ixtiloflari borasida yolgʻiz Oʻzing hukm qilib, haq bilan botilni, baxtli bilan baxtsizni ajratib berursan".