Qachonki Allohning yolg`iz O`zi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari siqilib ketar. Qachonki Undan o`zgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib ketarlar. Az-Zumar 39:45 ⧉
Tafsir:
Yolgʻiz Alloh zikr qilinganda oxiratga va unda sodir boʻladigan qayta tirilish, hisob-kitob, jazo yoki mukofot kabi ishlarga iymon keltirmaydigan mushriklarning yuraklari siqilib ketadi. Oʻzlari ibodat qilayotgan butlari yodga olinganda esa xursand boʻlib, yayrab ketadilar.