Sura Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 49)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Zumar(الزمر), Oyat 49

فَإِذَا مَسَّ الْإِنْسَانَ ضُرٌّ دَعَانَا ثُمَّ إِذَا خَوَّلْنَاهُ نِعْمَةً مِنَّا قَالَ إِنَّمَا أُوتِيتُهُ عَلَىٰ عِلْمٍ ۚ بَلْ هِيَ فِتْنَةٌ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ 49 ٤٩

Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u Bizga duo qilur. So`ngra unga Biz O`zimizdan ne'mat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der. Yo`q! U sinovdir. Lekin ko`plari bilmaslar. (49)

Tafsir
Kofir odamga kasallik, kambagʻallik kabi biron ziyon-zahmat yetsa, uni aritishimizni soʻrab Bizga duo-iltijo qildi. Keyin unga sogʻlik, mol-davlat kabi biron nematni ato etsak, "Alloh buni menga oʻzim haqli boʻlganim uchun berdi", dedi. Aslida esa bu ish bir sinovdir. Lekin kofirlarning koʻplari buni bilmaydilar-da, Alloh bergan nematlarga aldanadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin