Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ular Alloh xohlagan kishisiga rizqni keng va tor qilishini bilmasmidilar?! Albatta, bunda iymon keltirguvchi qavmlar uchun oyat(belgi)lar bordir. (52)
Tafsir
Anavi mushriklar deganlarini dedilar va bilmadilarki, Alloh Oʻzi istagan odamga rizqni moʻl qilib beradi. Sinash uchun: shukr qiladimi yoki nonkoʻrlik qiladimi? Istagan odamiga tang qilib beradi. Uni ham sinash uchun: sabr qiladimi yoki Allohning qadaridan norozi boʻladimi? Bu kabi rizqning moʻl yoki tang qilib berilishida moʻmin qavm uchun Allohning tadbiriga dalolat qiluvchi belgilar bordir. Zero, faqat moʻminlargina bu belgilardan foydalana oladilar. Kofirlar esa ularning yonidan yuz oʻgirib oʻtib ketadilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: