Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 60)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 60

وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ تَرَى الَّذِينَ كَذَبُوا عَلَى اللَّهِ وُجُوهُهُمْ مُسْوَدَّةٌ ۚ أَلَيْسَ فِي جَهَنَّمَ مَثْوًى لِلْمُتَكَبِّرِينَ 60 ٦٠

Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolg`on so`zlaganlarni ko`rsang, yuzlari qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?! (60)

Tafsir
Qiyomat kuni Allohning sherigi bor, bolasi bor, deya U Zot shanida yolgʻon gapirganlarni yuzlari qora holda koʻrasiz. Bu badbaxtliklarining bir belgisi boʻladi. Allohga va U Zotning paygʻambarlariga iymon keltirishdan oʻzini katta olgan mutakabbirlarga jahannamda joy yoʻqmi ekan?! Ha, albatta bor.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin