Qiyomat kuni Allohga nisbatan yolg`on so`zlaganlarni ko`rsang, yuzlari qop-qoradir. Yoki mutakabbirlarning joyi jahannamda emasmi?! Az-Zumar 39:60 ⧉
Tafsir:
Qiyomat kuni Allohning sherigi bor, bolasi bor, deya U Zot shanida yolgʻon gapirganlarni yuzlari qora holda koʻrasiz. Bu badbaxtliklarining bir belgisi boʻladi. Allohga va U Zotning paygʻambarlariga iymon keltirishdan oʻzini katta olgan mutakabbirlarga jahannamda joy yoʻqmi ekan?! Ha, albatta bor.