«Yo`q! Batahqiq, senga Mening oyatlarim keldi. Bas, sen ularni yolg`onga chiqarding, mutakabbirlik qilding va kofirlardan bo`lding!» der. Az-Zumar 39:59 ⧉
Tafsir:
Ish sen oʻylagandek boʻlmaydi. Senga Mening oyatlarim kelgandi. Sen esa ularni yolgʻonga chiqarganding, oʻzingni katta olganding hamda Allohni, Uning oyatlarini va paygʻambarlarini inkor qiladigan kofirlardan boʻlganding.