Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 67)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 67

وَمَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ وَالْأَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَالسَّمَاوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ۚ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ 67 ٦٧

Ular Allohning qadrini to`g`ri taqdirlamadilar. Holbuki, Yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qo`liga yig`ilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir. (67)

Tafsir
Mushriklar Allohni yetarlicha ulugʻlamasdan, Unga zaif, ojiz maxluqotlarni sherik qildilar. Allohning qudrati naqadar buyuk ekanidan gʻaflatda qoldilar. Bu qudratning koʻrinishlaridan biri shuki, yer yuzi oʻzidagi barcha togʻlari, daraxtlari, daryolari, dengizlari bilan birga Qiyomat kuni U Zotning Changalida boʻladi. Yetti osmonning hammasi Uning Qoʻlida gʻijimlanib turadi. U Zot mushriklar aytayotgan sheriklardan Pok va Oliydir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin