Sura Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Zumar(الزمر), Oyat 71

وَسِيقَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِلَىٰ جَهَنَّمَ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰ إِذَا جَاءُوهَا فُتِحَتْ أَبْوَابُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَا أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِنْكُمْ يَتْلُونَ عَلَيْكُمْ آيَاتِ رَبِّكُمْ وَيُنْذِرُونَكُمْ لِقَاءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا ۚ قَالُوا بَلَىٰ وَلَٰكِنْ حَقَّتْ كَلِمَةُ الْعَذَابِ عَلَى الْكَافِرِينَ 71 ٧١

Va kufr keltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga yetib kelgan chog`larida, uning eshiklari ochildi va uning qo`riqchilari ularga: «Sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor bo`lishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar. Ular: «Ha! Lekin azob so`zi kofirlar ustiga haq bo`lgandir», dedilar. (71)

Tafsir
Farishtalar kofirlarni jahannamga guruh-guruh qilib, xorlab haydab bordilar. Doʻzax oldiga yetib borganlarida eshiklari ochildi va qoʻriqchi farishtalar ularga gʻazab bilan: "Sizlarga oʻzingizdan boʻlgan paygʻambarlar kelib, Parvardigoringizning oyatlarini tilovat qilib bermaganmidi va sizlarni mana shu Qiyomat kunidagi uchrashuvdan, undagi azobu uqubatlardan ogohlantirmaganmidi?!", dedilar. Shunda kofirlar xatolarini tan olib: "Ha, shunday boʻlgandi! Lekin azob soʻzi kofirlar ustiga haq boʻlgandir va biz kofirlar boʻlgandik", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin