Sura Az-Zumar (Guruhlar — الزمر) (Oyat 9)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




39 Az-Zumar(الزمر), Oyat 9

أَمَّنْ هُوَ قَانِتٌ آنَاءَ اللَّيْلِ سَاجِدًا وَقَائِمًا يَحْذَرُ الْآخِرَةَ وَيَرْجُو رَحْمَةَ رَبِّهِ ۗ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ 9 ٩

Yo`qsa, u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qo`rqib, Robbi rahmatidan umidvor bo`lgan odamga tengmi?! Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo`larmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar. (9)

Tafsir
Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda Parvardigoriga toat-ibodat qiladigan, oxirat azobidan qoʻrqadigan va Parvardigorining rahmatidan umidvor boʻladigan kishi bilan qiyinchilik paytida Allohga ibodat qilib, farovonlikda U Zotga shirk keltirgan kofir barobar boʻlurmi?! Ey Paygʻambar, ayting: "Allohni tanib, U Zot vojib qilgan ishlarni biladiganlar bilan bu borada hech narsani bilmaydiganlar barobarmi?!" Darhaqiqat, bu ikki guruh orasidagi farqni aqli borlar ajrata oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin