Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 101)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 101

وَإِذَا ضَرَبْتُمْ فِي الْأَرْضِ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَنْ تَقْصُرُوا مِنَ الصَّلَاةِ إِنْ خِفْتُمْ أَنْ يَفْتِنَكُمُ الَّذِينَ كَفَرُوا ۚ إِنَّ الْكَافِرِينَ كَانُوا لَكُمْ عَدُوًّا مُبِينًا 101 ١٠١

Yer yuzida javlon urganingizda, kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan xavf qilsangiz, namozni qasr qilib ado etmog`ingizda gunoh yo`qdir. Albatta, kofirlar sizga ochiq dushmandirlar. (101)

Tafsir
Yer yuzida safar qilib yurganingizda kofirlar tarafidan biron yomonlik kelib qolishidan xavfsirasangizlar, (sunnatdan olingan dalilga koʻra, tinchlik paytida ham), toʻrt rakatli namozingizni ikki rakatga qasr (qisqa) qilib oʻqisangiz, sizga gunoh yoʻqdir. Chunki kofirlarning sizlarga boʻlgan adovati ochiq-oydin koʻrinib turibdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin