Yer yuzida javlon urganingizda, kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan xavf qilsangiz, namozni qasr qilib ado etmog`ingizda gunoh yo`qdir. Albatta, kofirlar sizga ochiq dushmandirlar. An-Nisa 4:101 ⧉
Tafsir:
Yer yuzida safar qilib yurganingizda kofirlar tarafidan biron yomonlik kelib qolishidan xavfsirasangizlar, (sunnatdan olingan dalilga koʻra, tinchlik paytida ham), toʻrt rakatli namozingizni ikki rakatga qasr (qisqa) qilib oʻqisangiz, sizga gunoh yoʻqdir. Chunki kofirlarning sizlarga boʻlgan adovati ochiq-oydin koʻrinib turibdi.