Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 102 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 102 • Oʻzbekcha


وَإِذَا كُنْتَ فِيهِمْ فَأَقَمْتَ لَهُمُ الصَّلَاةَ فَلْتَقُمْ طَائِفَةٌ مِنْهُمْ مَعَكَ وَلْيَأْخُذُوا أَسْلِحَتَهُمْ فَإِذَا سَجَدُوا فَلْيَكُونُوا مِنْ وَرَائِكُمْ وَلْتَأْتِ طَائِفَةٌ أُخْرَىٰ لَمْ يُصَلُّوا فَلْيُصَلُّوا مَعَكَ وَلْيَأْخُذُوا حِذْرَهُمْ وَأَسْلِحَتَهُمْ ۗ وَدَّ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْ تَغْفُلُونَ عَنْ أَسْلِحَتِكُمْ وَأَمْتِعَتِكُمْ فَيَمِيلُونَ عَلَيْكُمْ مَيْلَةً وَاحِدَةً ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِنْ كَانَ بِكُمْ أَذًى مِنْ مَطَرٍ أَوْ كُنْتُمْ مَرْضَىٰ أَنْ تَضَعُوا أَسْلِحَتَكُمْ ۖ وَخُذُوا حِذْرَكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ أَعَدَّ لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُهِينًا 102
Tarjima:
Ular ichida bo`lsang-u, namoz ado qilmoqchi bo`lsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini o`zlari bilan olsinlar. Sajda qilganlaridan keyin orqangizga o`tsinlar. Namoz o`qimagan boshqa toifa kelib, sen bilan namoz o`qisin. Ehtiyot bo`lib, silohlarini o`zlari bilan olsinlar. Silohlaringiz va matohlaringizdan g`ofil bo`lsangiz, kufr keltirganlar ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar. Yomg`irdan ozor yetsa yoki bemor bo`lsangiz, silohlaringizni qo`ymog`ingizda gunoh yo`qdir. Hushyor bo`linglar! Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir. An-Nisa 4:102
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalom, jang maydonida lashkar ichida imomlik qilib namoz oʻqiganingizda ularni ikki jamoaga ajrating. Ulardan biri sizga iqtido qilib, namozda qurollari bilan turadi. Boshqa jamoa esa sizlarni qoʻriqlab turadi. Birinchi rakat tugaganidan keyin orqaga oʻtib, sizlarni qoʻriqlay boshlaydilar. Bu paytda ikkinchi jamoa namozga keladi. Imom salom berganidan keyin namozning qolganini oʻqib, toʻla qilib qoʻyadilar. Ehtiyot choralarini koʻrib, qurollanib olsinlar. Chunki kofirlar sizlar qurol-yarogʻ va asbob-anjomlaringizdan gʻaflatda qolib, hushyorlikni butunlay yoʻqotib, namozga kirib ketgan paytingizda ustingizga birdaniga hamla qilishni istaydilar. Agar yogʻingarchilikdan aziyat chekish yoki bemorlik kabi sabablar boʻlsa, qurollaringizni yechib qoʻyishingiz gunoh emas. Shunda ham dushmanga qarshi qoʻlingizdan kelgancha ehtiyot chorangizni koʻrib qoʻyinglar. Albatta, Alloh kofirlar uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qoʻygandir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 101 Keyingi An-Nisa • Oyat 103