Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 103)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 103

فَإِذَا قَضَيْتُمُ الصَّلَاةَ فَاذْكُرُوا اللَّهَ قِيَامًا وَقُعُودًا وَعَلَىٰ جُنُوبِكُمْ ۚ فَإِذَا اطْمَأْنَنْتُمْ فَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ ۚ إِنَّ الصَّلَاةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا 103 ١٠٣

Namozni ado etganingizdan so`ng, Allohni turgan, o`tirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Xotirjam bo`lganingizda namozni to`liq ado eting. Albatta, namoz mo`minlarga vaqtida farz qilingandir. (103)

Tafsir
Ey moʻminlar, namozdan boʻshaganingizdan keyin Allohni hamma holatda - turganingizda ham, oʻtirganingizda ham, yonboshlaganingizda ham tasbeh, tahlil, hamd aytib eslangiz. Xavf bartaraf boʻlib, tinch-xotirjam boʻlgan paytingizda namozni hamma ruknlari, vojiblariyu sunnatlari bilan toʻkis ado etingiz. Namoz moʻminlarga muayyan vaqtda bajarilishi vojib boʻlgan farzdir. Uzr boʻlmasa, muqimlikda uni kechiktirish joiz emas. Musofirlikda esa ikki namozni jam - bir qilib oʻqish ham, qasr - qisqa qilib oʻqish ham joiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin