Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 104)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 104

وَلَا تَهِنُوا فِي ابْتِغَاءِ الْقَوْمِ ۖ إِنْ تَكُونُوا تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمُونَ ۖ وَتَرْجُونَ مِنَ اللَّهِ مَا لَا يَرْجُونَ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا 104 ١٠٤

U qavmni quvishda bo`sh kelmang. Agar alam chekayotgan bo`lsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. (104)

Tafsir
Ey moʻminlar dushmaningiz kofirlarni quvishda boʻsh kelmangiz, dangasalik qilmangiz. Oʻlim va jarohatlardan qiynalayotgan boʻlsangiz, dushmaningiz ham xuddi sizdek qiynalmoqda. Ularning sabri siznikidan ortiq boʻlmasin. Chunki siz gʻanimingizdan farqli oʻlaroq, Allohdan savob, qoʻllov va gʻalaba umididasiz. Alloh bandalarining ahvolini koʻrib-bilib turadigan, har bir tadbirini, shariatini hikmat bilan qiladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin