Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 104 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 104 • Oʻzbekcha


وَلَا تَهِنُوا فِي ابْتِغَاءِ الْقَوْمِ ۖ إِنْ تَكُونُوا تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمُونَ ۖ وَتَرْجُونَ مِنَ اللَّهِ مَا لَا يَرْجُونَ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا 104
Tarjima:
U qavmni quvishda bo`sh kelmang. Agar alam chekayotgan bo`lsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. An-Nisa 4:104
Tafsir:
Ey moʻminlar dushmaningiz kofirlarni quvishda boʻsh kelmangiz, dangasalik qilmangiz. Oʻlim va jarohatlardan qiynalayotgan boʻlsangiz, dushmaningiz ham xuddi sizdek qiynalmoqda. Ularning sabri siznikidan ortiq boʻlmasin. Chunki siz gʻanimingizdan farqli oʻlaroq, Allohdan savob, qoʻllov va gʻalaba umididasiz. Alloh bandalarining ahvolini koʻrib-bilib turadigan, har bir tadbirini, shariatini hikmat bilan qiladigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 103 Keyingi An-Nisa • Oyat 105