Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 108)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 108

يَسْتَخْفُونَ مِنَ النَّاسِ وَلَا يَسْتَخْفُونَ مِنَ اللَّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرْضَىٰ مِنَ الْقَوْلِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطًا 108 ١٠٨

Odamlardan yashirarlar va Allohdan yashira olmaslar. Holbuki, U O`zi rozi bo`lmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ihota qiluvchi Zotdir. (108)

Tafsir
Jinoyatlarini qoʻrqqanlaridan va uyalganlaridan odamlardan yashiradilar. Allohdan esa yashirmaydilar. Alloh har doim ular bilan birgadir. Ularni ihota qilib turadi. Jinoyatchining yonini olish va begunohga qora chaplash kabi Alloh rozi boʻlmaydigan ishlarni xufyona tuzayotganlarida ham hammasidan xabardor boʻlib turadi. Alloh ularning ichidayu tashida qilayotgan hamma ishlarini qamrab olgandir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Yaqinda amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin