Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladir yoki kim ularga vakil bo`ladir?! (109)
Tafsir
Mana sizlar jinoyatchilarga gʻamxoʻrlik qilib, bu dunyoda ularning tarafini olib, ularni oqlashga, jazodan qutqarib qolishga urindinglar. Endi qiyomat kunida aslida nima boʻlganidan xabardor Zot qarshisida turganlarida kim ularning yonini olib, Allohdan himoya qila oladi?! Oʻsha dahshatli kunda kim ularga vakil boʻla oladi?! Muhaqqaqki, hech kim bu ishni qila olmaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: