Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 114)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 114

لَا خَيْرَ فِي كَثِيرٍ مِنْ نَجْوَاهُمْ إِلَّا مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلَاحٍ بَيْنَ النَّاسِ ۚ وَمَنْ يَفْعَلْ ذَٰلِكَ ابْتِغَاءَ مَرْضَاتِ اللَّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا 114 ١١٤

Ularning ko`pgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo`q, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim o`sha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulug` ajr berurmiz. (114)

Tafsir
Sadaqa qilishgami, shariat va aqlga toʻgʻri keladigan biron yaxshilikkami yoki talashib-tortishayotganlar oʻrtasidagi nizoni isloh etishgami chorlash boʻlmasa, shunchaki odamlarning koʻnglini koʻtarib, xursand qilib qoʻyadigan koʻp quruq gaplardan yaxshilik ham, foyda ham yoʻq. Alloh rizosini istab, shu ishlarni qilgan odamga esa yaqinda ulugʻ savob ato eturmiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin