Sura An-Nisa (Ayollar — النساء) (Oyat 115)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




4 An-Nisa(النساء), Oyat 115

وَمَنْ يُشَاقِقِ الرَّسُولَ مِنْ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ الْهُدَىٰ وَيَتَّبِعْ غَيْرَ سَبِيلِ الْمُؤْمِنِينَ نُوَلِّهِ مَا تَوَلَّىٰ وَنُصْلِهِ جَهَنَّمَ ۖ وَسَاءَتْ مَصِيرًا 115 ١١٥

Kim o`ziga hidoyat ravshan bo`lgandan keyin Payg`ambarga xilof qilsa va mo`minlarning yo`lidan boshqa yo`lga yursa, ketgan tomonga qo`yib qo`yamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy! (115)

Tafsir
Haqiqat aniq-tiniq koʻrinib boʻlganidan keyin ham yana Paygʻambarga qarshi chiqib, xilof qilgan va moʻminlarning yoʻlidan boshqa yoʻlga ketgan kimsani oʻz holiga qoʻyib qoʻyamiz. Qasddan haqdan yuz oʻgirgani bois, unga tavfiq bermaymiz. Keyin esa uni jahannamga kiritamiz va doʻzax oʻtida yonib azoblanadi. Naqadar yomon oqibat!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin